

O'tgan haftada Namanganga kelib, Namangan viloyati hokimi qabulida bo'lgan jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov dastlabki rejalar borasida suhbatlashib oldi. O'zaro uchrashuvda keyingi mavsumda “Navbahor”ni kamida kuchli beshlikdan joy olish uchun kurashishi ham muhokama qilingan. Ushbu haftada Ashurmatov yana bir bor viloyat hokimi qabulida bo'ladi. Shundan keyin jamoaning keyingi rejalari borasida uzil-kesil bir to'xtamga kelinadi.
Hafta boshida nashrdan chiqariladigan gazetalar ijodkorlarining savollariga jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov javob qaytardi. Boshqa nashr ijodkorlari kabi “Asr futboli” muxbiri ham Baxtiyor A'zamovich bilan suhbatda bo'ldi. Ashurmatov “Asr futboli” gazetasiga bergan intervyusida, mavsum yakunlari, viloyat hokimi bilan bo'lgan uchrashuv tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.
Ushbu suhbatni o'qish orqali muxlislarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin. Tez orada ushbu suhbatni saytimiz orqali o'qish imkoniga ham ega bo'lasiz.



