"Navbahor": Abdurahmonov mashg'ulotlarda qatnashmoqda

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2015, 14:25
Yana ikki kundan keyin jamoamiz a'zolari Chirchiqda tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlashadi. Chirchiqdagi yig'in “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan nazorat uchrashuvi orqali yakunlanadi.

Shundan so'ng jamoa a'zolariga ikki kunlik tatil e'lon qilinadi. 22 iyuldan yana mashg'ulotlarga kirishiladi. Navbatdagi yig'in esa poytaxtda tashkil etiladi. Bu yig'in davomida ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazish ham rejalashtirilgan. Xususan 24 iyul kuni Samarqandning “Dinamo” klubi, 26 iyul kuni esa G'uzorning “Sho'rtan” klubi bilan bahs olib boriladi.

Tarkib xususida gap ketganida, bugun jamoa safiga chempionat birinchi yarmini Muborakning “Mashal” klubida o'tkazgan futbolchi Doston Abdurahmonovni qo'shilganligini aytib o'tish joiz. Abdurahmonov mavsum ikkinchi yarmini jamoamizda o'tkazishga yaqin turibdi. Jamoamiz futbolchisi Azamat Bobojonovni o'ziga boshqa jamoa qidirishi mumkinligi borasida tarqatilgan xabarga bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha izoh berdi:

“Bobojonov jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Demak, Azamat ikkinchi davrani ham “Navbahor”da o'tkazadi. Shunday ekan uni boshqa jamoalarga o'tishi mumkinligi borasidagi gap-so'zlar hech qanday asosga ega emas”.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz