Navas jarohat sabab "Leyptsig" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
17 okt 2021, 11:24
PSJ darvozaboni Keylor Navas "Leyptsig"ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich doirasidagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

34 yoshli darvozabon Kosta-Rika terma jamoasi safida jarohat oldi.

Darvozabon parijliklarning Fransiya chempionati doirasidagi "Anje" (3:2)ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazib yubordi.

PSJ - "Leyptsig" bahsi 19 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi. Fransiya klubi guruhda "Bryugge" kabi 4 ochko jamg'argan, "Leyptsig"da esa hali ochko yo'q.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe