
2013 yil yozida "Siti" Ispaniya terma jamoasi a'zosini "Sevilya"dan 15 million funt evaziga sotib olgandi. Shundan buyon Xesus Angliya klubida 82ta o'yin o'tkazdi.
29 yoshli Navas bu mavsumda Manuel Pellegrini jamoasining muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Biroq Xesus o'z vataniga qaytishni o'ylamoqda.
"Faoliyatimni "Sevilya"da tugatsam yaxshi bo'lardi. Bu klub menga ko'p narsa bergan va futbolchilikdagi so'nggi o'yinlarimni aynan o'sha yerda o'tkazishni istayman. Bu mavsumda "Sevilya"da Yevropa chempionlar ligasiga yo'llanma olish imkoniyati bor, ammo bu juda qiyin bo'ladi", - deydi Navas Marca nashriga.