Nauel Molina "Atletiko" futbolchisiga aylandi

Alisher
28 iyul 2022, 16:03
"Atletiko" "Udineze" himoyachisi Nauel Molinani xarid qildi.

24 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Bitim narxi 12 million evroga baholanmoqda, yana 6 million evro bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, Molina Argentina terma jamoasida o'tgan yilning iyunida debyut qildi va 2021 yilgi Kopa Amerika g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com