Nasri: "Fransiya terma jamoasidagi o'yinlarimdan hech qachon zavqlanmaganman"
Aziz Tukhtamuradov
8 dek 2014, 19:38
"ManSiti" futbolchisi Samir Nasri Fransiya terma jamoasidan chaqiruv olmayotganidan hafa emasligini, shuningdek, Riberining terma jamoadagi faoliyatini tugatayotganini to'g'ri qaror deb hisoblashini aytib o'tdi.
"Riberi yoshi o'tib borayotgani sababli emas, terma safida o'ynash istagi yo'qligi uchun terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Men esa avval ham aytib o'tganman: Fransiya terma jamoasidagi o'yinlar hech qachon meni baxtli qilmagan", - deydi Nasri.