Nasri 4 yilga futboldan chetlatilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2017, 17:43
"Manchester Siti" yarim himoyachisi, hozirda ijara asosida "Sevilya" sharafini himoya qilayotgan Samir Nasri 4 yilga futboldan chetlatilishi mumkin.

Oldinroq Ispaniya antidoping agentligi Nasriga nisbatan tekshiruv ishlarini o'tkazishi e'lon qilingan edi.

Fransiyalik futbolchi vitamin terapiyaga moslashgan Los-Anjelesdagi DripDoctors klinikasida davolangan edi. Davolanishning bu turi doping izlarini yo'q qilishi mumkin. Tomir terapiya VADA tomonidan taqiqlangan.

Joriy mavsumda Samir Nasri "Sevilya" safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana