"Nasaf"ning "Traktor"ga qarshi avvalgi o'yinlarida qanday natijalar qayd etilgan?

Оқил Абдубарноев
24 noya 2025, 12:30
Bugun Elit Osiyo Chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" (O'zbekiston) – "Traktor" (Eron) uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Jamoalar Osiyo chempionlar ligasi doirasida ikki marotaba to'qnash kelgan. 2015 yilgi qita turniri guruh bosqichi doirasida Qarshidagi bahsda 2:1 hisobida "ajdarlar" ustun kelgan.


OCHL-2015. "D" guruhi, 1-tur

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Traktor" (Eron) 2:1

Gollar: Ilhom Shomurodov (46), Hamza Karimov (52) – Edino (32)

"Nasaf": 25.Eldor Suyunov, 15.Roy Rok, 4.Maqsud Karimov, 32.Hamza Karimov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Farruh Sayfiev, 33.Odil Hamrobekov, 9.Ilhom Shomurodov, 20.Erkin Boydullaev, 17.Artur Gevorkyan (27.Ilhom Yunusov, 90+2), 99.Oleksandr Kablash (22.Shohruh Gadoev)

"Traktor": 1.Hamid Lak, 3.Habib Gordani, 23.Mirhani Hashemi, 4.Xolid Shafi, 88.Fardin Abedini, 6.Mehdi Kiani, 14.Andranik Temuriyan, 8.Shahin Sag'ibi (19.Mehrad Bayrami, 81), 18.Ahmad Amirkamdar (7.Saman Nariman, 63), 27.Farshad Ahmadzoda, 10.Edino

Ogohlantirishlar: Fardin Abedini (52), Roy Rok (56)

Javob o'yinida ham (5-tur) O'zbekiston klubi Artur Gevorkyanning dubli evaziga xuddi shu hisobda zafar quchgan.

OCHL-2015. "D" guruhi, 5-tur

"Traktor" (Eron) – "Nasaf" (O'zbekiston) 1:2

Gollar: Mehdi Kiani (52) – Artur Gevorkyan (59, 71)

"Traktor": Hamid Lak, Habib Gordani, Mirhani Hashemi, Xolid Shafi, Shahin Sag'ibi, Mehdi Kiani, Muhammad Purrahmatulloh (Edino, 77), Said Ag'ai (Farid Karimi, 68), Ahmad Amirkamdar (Andranik Teymuriyan, 60), Saman Nariman, Mehrad Bayrami

"Nasaf": Eldor Suyunov, Sherzod Azamov (Bahrom Abdurahimov, 22), Maqsud Karimov, Hamza Karimov, Roy Rok, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Erkin Boydullaev, Shohruh Gadoev (Ilhom Yunusov, 70), Artur Gevorkyan, Ilhom Shomurodov

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiev (36), Mehdi Kiani (45+2), Mirhani Hashemi (69)

Eslatib o'tamiz, buguni uchrashuv 18:45 da Qarshidagi "Markaziy" stadionda start oladi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia