"Nasaf": Jurnalistlar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
4 fev 2015, 14:18
“Nasaf” PFK matbuot xizmati jurnalistlarni Osiyo Chempionlar ligasi, O'zbekiston chempionati va kubogibahslari uchun akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonini boshladi.
Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari 2015 yilning 15 fevraliga qadar “Nasaf” PFK bosh menejeri nomiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditatsiyadan o'tkazish uchun xat, 2 donadan 3x4 hajmdagi fotosurat, pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi.

Shuningdek, barcha ma'lumotlar nasaf1997@mail.ru elektron pochta adresi orqali ham  qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun  telefonlar:  (+998 75) 221 03 28, +99891 461 96 10

“Nasaf” PFK matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz