"Nasaf" to'liq tarkibda bo'lajak uchrashuvga tayyorliklarni davom ettirmoqda

25 iyul 2017, 07:30
Ikkinchi davra tayyorgarliklarini o'z qarorgohida davom ettirayotgan "Nasaf", kechadan boshlab to'liq tarkibda mashg'ulotlarga kirishdi. U-22 terma jamoamiz safiga jalb etilgan futbolchilarimiz ham mashg'ulotlarni boshlashdi.

Milliy terma terma jamoamiz safidagi xorijiy yig'indan qaytib kelgan futbolchilarimiz Akmal Shorahmedov, Farruh Sayfiev va Bahrom Abdurhimovlar bugun tiklanish mashqlarini bajarishdi. Ular ertadan umumjamoa mashg'ulotlariga kirishadi.

Safimizga yangi qo'shilgan Jasur Hasanov va Umarbek Eshmurodovlar ham astoydil mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. 

Eslatib o'tamiz, jamoamiz 28 iyul juma kuni O'zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvini "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Tayyorgarliklardagi asosiy e'tibor mana shu uchrashuvga  qaratilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcnasaf.uz