2014 yilgi O'zbekiston chempionatining bronza medalini qo'lga kiritgan "Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni ikki haftadan so'ng boshlaydi.
Klubning tvittyerdagi rasmiy sahifasida berilgan xabarga ko'ra, "ajdarlar" 15 dekabr kuni yig'inni boshlashadi. Dastlabki yig'in Qarshi shahrida bo'lib o'tadi.