

"Navbahor"ga qarshi o'yinda "ajdarlar" safida maydonga tushgan futbolchilarning o'rtacha yoshi 21,2ga teng bo'ldi. Bu Superliga tarixidagi eng yosh tarkib bo'ldi.
"Lokomotiv" bilan uchrashuvda esa "Nasaf"ning o'rtacha yoshi 21,8ni tashkil etdi.
Ushbu mavsumdagi barcha o'yinlarni hisobga olsak "Nasaf"ning o'rtacha yoshi 24,3ga teng.
Quyida Superliga klublarining 2018 yildagi o'rtacha yoshlarini taqdim etamiz:
AGMK - 28
"Bunyodkor" - 25,2
"Buxoro" - 28,9
"Qo'qon-1912" - 27,5
"Qizilqum" - 29,1
"Lokomotiv" - 28,2
"Metallurg" - 26,1
"Navbahor" - 27,2
"Nasaf" - 24,3
"Neftchi" - 24,9
"Paxtakor" - 27,6
"So'g'diyona" - 25,2



