Nasaf - So'g'diyona. Uchrashuvga kirish bepul!

Mirjalol Normatov
31 mar 2019
Bugun CocaCola Superliganing 2-turidan o'rin olgan Nasaf - So'g'diyona uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Uchrashuvdan oldin yangi masum ochilishiga bag'ishlangan katta koncert rejalashtirilgan. Nasaf - So'g'diyona uchrashuvini bevosita tribunada tomosha qilishni xohlagan muxlislar “Markaziy” stadionga to'g'ridan-to'g'ri kirib kelishlari mumkin. Futbol muxlislariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida “Nasaf” ana shunday ajoyib imkoniyatni yaratib bermoqda.

 So'g'diyona muxlislariga stadionning 5 sektori ajratilgan.

Uchrashuvga tashrif buyuring va sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang!


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcnasaf.uz