"Nasaf" Rashidovga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2018, 11:19
Qarshining "Nasaf" klubi "So'g'diyona" yarim himoyachisi Sanjar Rashidovga qiziqib qoldi. Bu haqda "Futbol Ekspress" gazetasi xabar berdi.

OCHL-2018 pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Nasaf" o'z safini kuchaytirishni istamoqda. Rashidov o'tgan mavsum oliy ligada 14ta gol urishga erishdi. "Nasaf" esa ushbu o'yinchini o'z safida ko'rish uchun unga taklif bilan chiqdi. Futbolchi ham keyingi faoliyatini Qarshida o'tkazishga qarshi emas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia