
Bugungi kun futbolida muxlislar sevimli jamoasi g'alabalariga bevosita hissa qo'shishmoqda. Shu omillarni hisobga olgan holda “Nasaf” PFK mutasaddilari kelajakdagi rejalarni muhokama qilish, shuningdek 2014 yilgi mavsumda jamoani qo'llab-quvvatlash borasida yanada yuqori saviyali ishlarni yo'lga qo'yish maqsadida o'zini “Nasaf”ning sodiq muhlisi deb bilgan faol ishqibozlarni ertaga 14 dekabr ertalabgi soat 10:00 da “Markaziy” stadionga taklif etadi. Ushbu yig'ilishda fan-klubga a'zo bo'lish masalalari hamda voha.uz – muxlislar sayti bilan hamkorlikda jamoaning yangi mavsumda birgalikda qo'llash, stadionga muhlislar tashrifini yanada oshirish chora-tadbirlari ko'rib chiqiladi.
Barcha muxlislardan faollikni kutib qolamiz!
Barcha muxlislardan faollikni kutib qolamiz!