"Nasaf" nazorat uchrashuvida "Xorazm"ga mag'lub bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
25 sen 2022
Superliga klublari FIFA kunlaridagi tanaffusda nazorat uchrashuvlari o'tkazmoqda.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" bugun Qarshida Pro liga vakili "Xorazm"ni qabul qildi. Uchrashuvda Lima Kruzning 7-daqiqada urgan tezkor goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan maydon egalari, 30-daqiqada darvozasidan to'p olib chiqdi. Xorazmliklar tarkibida gol muallifi Shahzod Beshimov. Tanaffusga jamoalar 1:1 hisobida yo'l olishdi. Ikkinchi bo'limning 70-daqiqasida "Xorazm"ning joriy mavsumdagi to'purari Rokki Marchiano hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. Yakunda hisob o'zgarmadi, 1:2. 

Nazorat uchrashuvi. 

Qarshi. "Markaziy" stadioni

NASAF - XORAZM 1:2

Gollar: Lima Kruz 7, 1:0 - Shahzod Beshimov 30, 1:1, Rokki Marchiano 70, 1:2


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia