“Nasaf” – “Navbahor”. Prevyu

Narzulla Saydullayev
12 apr 2019, 11:30
12 aprel kuni Superliganing 4-turiga start beriladi.

“Ajdarlar” Superligasi 4 turida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.

Bu jamoalar o'rtasidagi har bir uchrashuv shiddatli va kutilmagan natijalarga boy bo'lgan. Shuningdek bu jamoalar bir-birlari uchun ashaddiy raqib bo'lib kelgan.

“Nasaf” – “Navbvhor” uchrashuvi 12 aprel, juma kuni Qarshi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:15da boshlanadi.



O'zaro uchrashuvlar tarixidan


Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 44 bor kuch sinashishgan. Bo'lib o'tgan 22 uchrashuvda “Nasaf”, 11 o'yinda esa “Navbahor” g'alabaga erishgan. 11 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To'plar nisbati 76:61ga teng. Ustunlik “ajdarlar” tarafida.

Har ikki jamoaning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi - 6:0.

Ertaga jamoalarning o'rinbosarlari “Geolog” stadionida kuch sinashishadi. Uchrashuv 16:30 da boshlanadi.

12 aprel kuni bo'lib o'tadigan turning markaziy uchrashuviga barcha muxlislarini chorlab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz