“Nasaf” mashg'ulotlarni 12 fevraldan davom ettiradi

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2017, 16:13
Saudiya Arabistonida Osiyo chempionlar ligasi saralash uchrashuvini o'tkazgan jamoamiz bugun Qarshi shahriga qaytib keldi.

Klub futbolchilari yangi mavsum tayyorgarliklarini 12 fevral yakshanba kunidan Qarshida davom ettiradi. Jamoa endi bor e'tiborini milliy chempionat va kubok bahslariga qaratadi.

“Nasaf” bu yilgi milliy chempionatni safarda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Uchrashuv 4 mart shanba kuniga belgilangan. 9 mart kuni esa chempionatning 2-tur doirasidagi uchrashuvni o'z maydonida “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcnasaf.uz