"Nasaf" "Li Man"ga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
Aslanov Jasurbek
19 okt 2021, 19:04
Qarshining "Nasaf" jamoasi ertaga OFK kubogi Interzonal finalida Gonkongning "Li Man" jamoasini o'z maydonida qabul qiladi.
Qarshiliklar bugun uchrashuv oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Quyida "ajdarlar"ning quvnoq kayfiyatda o'tgan mashg'ulotidan suratlarni tomosha qiling.
Foto: Jahongir Fayzullaev Qarshi shahridan championat.asia sayti uchun mahsus