"Nasaf" kolumbiyalik hujumchiga qiziqish bildirmoqda

Khoja
24 iyul 2025, 09:51
"Nasaf" ikkinchi davra avvalida hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Jamoa kolumbiyalik hujumchi Xuan Kamilo Sapataga qiziqish bildirmoqda. 

31 yoshli hujumchi o'tgan mavsum USV ("Universidad Sentral de Venesuela") jamoasida 25 t uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va yana 7 ta golga assist bo'lgan.

Umuman olganda hujumchi faoliyati davomida 219 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 64 ta gol va 28 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia