

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra klub o'z uy uchrashuvlaridagi xavfli vaziyatlarni stadiondagi monitorda namoyish etishni maqsad qilgan, ayni paytda jamoada ushbu masala bo'yicha ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yana shuni ham takidlash mumkinki, jamoamiz faqat bu bilangina cheklanib qolmaydi! Klub matbuot xizmati tomonidan uy uchrashuvlari internet orqali jonli efirda namoish etilishi rejalashtirilmoqda. Agarda ushbu rejalar amalga oshadigan bo'lsa uzoq safarda yurgan muxlislarimiz ham “Nasaf” jamoasining “Markaziy”dagi barcha uchrashuvlarini to'g'ridan to'g'ri kuzatib borishlari mumkin bo'ladi.



