

Ma'lum bo'lishicha, "ajdarlar" hozirga qadar o'z yetakchilari Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Farrux Sayfiev, Jasur Hasanov va Bahrom Abdurahimov kabi futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmadi. Ular katta ehtimol bilan erkin agent maqomida jamoani tark etishadi.
Farrux Sayfiev "Paxtakor" bilan deyarli kelishuvga erishgani haqida saytimizda xabar bergandik.
Bundan tashqari jamoa murabbiylar shtabi bilan ham shartnoma 31 dekabr kuni tugaydi. Hozirgacha ular bilan ham kelishuv uzaytirilmagan.
Ma'lumot uchun, "Nasaf" deyarli bir oydan so'ng, 30 yanvar kuni OCHL-2018 pley-off bosqichida "Al Faysali" bilan o'ynaydi.




