"Nasaf" yetakchilaridan biri jamoadan ketdi

Tolibjon Qosimov
3 mar 2021, 13:48
Yangi mavsum oldidan Qarshining "Nasaf" klubini bir qator yetakchi o'yinchilar tark etmoqda.

Avvalroq, Islom Kenjaboev hamda Bobir Abdixoliqov klubdan ketgan va legionerga aylangandi.

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, "Ajdarlar" yetakchilaridan biri Dilshod Rahmatullaev jamoani tark etdi va erkin agentga aylandi.


Eslatib o'tamiz, Rahmatullaev 2016-2018 yillarda "Nasaf"da o'ynagan. Shundan so'ng "Paxtakor", "Andijon" safida to'p tepib, 2020 yilning boshida yana Qarshiga qaytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia