"Nasaf": Bugungi kubok bahsini Vladislav Seytlin boshqaradi

Tolibjon Qosimov
22 avg 2016
Bugun “Nasaf” jamoasi o'z maydonida O'zbekiston Kubogi-2016 yarim finali dastlabki uchrashuvini “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuvni FIFA hakami Vladislav Seytlin boshqaradi. Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Andrey Sapenkolar yordam berishadi. Naim Qosimov esa zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Hakamlar ishini Dmitriy Anotolevich Roman nazorat qiladi.

O'zbekiston kubogi, ½ finali dastlabki uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro)

22.08.2016. “Markaziy” stadion. Soat 20:00da

Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Mamur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Sapenko (Toshkent vil.)
Zaxira hakami: Naim Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).

Vladislav Seytlin bu yilgi futbol mavsumida bungacha jamoamiz ishtirokidagi ikki uchrashuvni boshqargan, bu uchrashuvlarda jamoamiz g'alaba qozongan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcnasaf.uz