"Nasaf" bugun Qozog'istonning olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2014, 11:15
Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazayotgan “Nasaf” jamoasi bugun navbatdagi uchinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu nazorat uchrashuvida "Nasaf"ning raqibi Qozog'istonning olimpiya terma jamoasi bo'ladi.

Nazorat uchrashuvi har doimgidek bizning vaqt bilan kech soat 18:00da boshlanadi. Bungacha "ajdarlar" ikkita nazorat uchrashuv o'tkazganidan muxlislarning xabari bor, Ro'ziqul Berdiev shogirdlari o'tgan har ikkala uchrashuvda ham bir xil 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edilar.

Eslatib o'tamiz, Antaliyadagi yig'in 26 yanvargacha davom etadi, yig'inda 25 futbolchi ishtirok etayapti.  Bugungi bo'ladigan nazorat uchrashuvidan tashqari yana to'rtta nazorat uchrashuvlari o'tkazish yig'in rejasiga kiritilgan. "Nasaf"ning bundan keyingi raqiblari “Spartak-Nalchik” (Rossiya), “Vorskla” (Ukraina), “Poxang Stilerz” (J.Koreya) va  “Karpati” (Ukraina) klublari bo'lishi mumkin.

Barcha muxlislar nomidan "Nasaf" jamoasiga bugungi nazorat uchrashuvida ham omadlar tilab qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz