"Nasaf" bosh menejeri: "Klubimiz bu yil Superligada kuchli uchlikka kiradi"

Narzulla Saydullayev
17 fev 2020, 20:29
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev viloyatning uchta klubi "Nasaf", "Mashal" va "Sho'rtan" rahbarlari bilan uchrashdi.

Mazkur yig'ilishda "Nasaf" muxlislari jamoa ikki yildan buyon o'rtamiyona klubga aylanib qolgani haqida fikr bildirishdi. O'z navbatida Zoyir Mirzaev klub akademiyasidan ko'plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqayotganini ta'kidladi.

"Nasaf" bosh menejeri Sergey Kucherenko yangi mavsumda "ajdarlar" Superligada albatta kuchli uchlikka kirishini aytib muxlislarni tinchlantirdi.



Nomoz Choriev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia