"Nasaf" 3 yillik qora ananaga barham berdi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2024, 13:37
Kecha Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Olimpik" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Shunday qilib, "Nasaf" 3 yillik tanaffusdan so'ng mavsumni g'alaba bilan boshlay oldi. So'nggi bor Qarshi klubi 2020 yilgi mavsumni g'alaba bilan boshlagan edi.

"Nasaf"ning 1-turdagi natijalari:
2024 yil "Nasaf" - "Olimpik" 2:0
2023 yil "Nasaf" - "Andijon" 0:1
2022 yil "Navbahor" - "Nasaf" 0:0
2021 yil "Nasaf" - "Paxtakor" 2:3
2020 yil "Qizilqum" - "Nasaf" 1:3



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia