“Nasaf-2” jamoasi to'rt nafar futbolchisi debyut qilishdi

Narzulla Saydullayev
15 may 2017, 13:32
Kecha birinchi liga 10-tur doirasidan o'rin olgan “Xorazm” - “Nasaf-2” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Qarshiliklar safar uchrashuviga bosh murabbiysiz  va to'liqisiz tarkib bilan tashrif buyurishdi. Tarkibga  e'tibor qaratsak, deyarli asosiy tarkib futbolchilari Jizzax viloyatida bo'lib o'tadigan “Barkamol avlod” sport musobaqasiga  viloyat sharafini himoya qilish uchun o'z qarorgohilarida  tayyorgarlik ko'rmoqda. Viloyat terma jamoasi murabbiyi “Nasaf-2”  jamoasi bosh murabbiysi Nurali Sultonov mashg'ulotlar olib bormoqda.  Shu bois, safardagi bahsga  “Nasaf-2“ jamoasi yordamchi murabbiyi Nasim Shoyimov olib bordi.

Mazkur uchrashuv keskin va janggavor tarzda kechdi. Gulistonlik bosh hakam B.Yulcharaev o'yinga qo'shib bergan qo'shimcha besh daqiqasida yosh qarshilik futbolchilardan biri o'z jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi deb topilib mehmonlar  darvozasi tomon penalt belgiladi. Natijada xorazmlik  futbolchilar  penaltni aniq amalga oshirib,  o'z  maydonida kichik 1:0  hisobida g'alaba qozonib  va  muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi.

“Nasaf-2” jamoasi tarkibida to'rt nafar “Nasaf” futbol maktabi  1999-2000 yillarda to'g'ilgan tarbiyalanuvchilari ushbu bahsda debyut qildi.

Bular davozabon Amir Lutfullaev, himoyachi Temur Nabiev, yarim himoyachi Saddam To'xtaev  va  hujumchi Orif Murodov.

Fahriddin Choriev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia