"Nasaf" 17 sentyabrga qadar Turkiyada mashg'ulot o'tkazadi

Administrator
13 sen 2023, 19:44
“Nasaf” jamoasi OCHL 1-turida safarda Iordaniyaning “Al Faysaliy” jamoasi bilan bellashadi.

Iordaniya sari otlangan "ajdarlar" bugun Turkiyaning Antaliya shahriga yetib kelishdi. Jamoa Titanic Deluxe Golf Resort mehmonxonasiga joylashdi. "Nasaf" Antaliyada mashg'ulotlar o'tkazib, 17 sentyabr kuni Iordaniyaning Amman shahriga uchib ketadi. Milliy terma jamoa ihtiyorida bo'lgan futbolchilar 14 sentyabr kuni jamoaga qo'shilishadi.

Eslatib o'tamiz, “Al Faysaliy” - “Nasaf” uchrashuviga 18 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати