"Napoli" yozda transferlar uchun 230 million ajratmoqchi

Оқил Абдубарноев
30 may 2024
"Napoli" agar Antonio Konte jamoa bosh murabbiyiga aylansa, transferlar uchun katta miqdordagi byudjet ajratishga tayyor.

Manbaga ko'ra, klub prezidenti Aurelio de Laurentis yozgi transfer oynasida 230 million evro sarflashga tayyor.

Avvalroq 54 yoshli italiyalik mutaxassis neapolliklar bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgandi. 2023/24 yilgi mavsum jamoa A Seriyada o'ninchi o'rinni egalladi.

Kontening so'nggi ish joyi o'tgan yilning mart oyida tark etgan "Tottenxem" bo'lgan. Bungacha italiyalik mutaxassis “Inter”, “Chelsi”, Italiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Siena”, “Atalanta”, “Bari” va “Arecco” klublarini boshqargan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Il Mattino