"Napoli" yaqin vaqtlar ichida Insinega yangi shartnoma taklif qiladi

Tolibjon Qosimov
10 fev 2017, 21:01
"Napoli" jamoasi Lorenco Insineni o'z tarkibida olib qolmoqchi.
Buni "Gazzetta dello Sport" tasdiqladi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Italiya klubi rahbariyati keyingi hafta yangi kelishuv shartlarini muhokama qilish maqsadida futbolchining vakillari bilan uchrashadi.

Eslatib o'tamiz, neapolliklar futbolchi bilan o'tgan yozdayoq yangi shartnoma imzolamoqchi bo'lishgan edi, lekin o'shanda tomonlar kelisha olishmagandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport