"Napoli" va "Ayaks" "Tottenxem" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
2 yanv 2020, 10:20
Himoyachi Yan Vertonger qishda "Tottenxem"dan ketishi mumkin.

O'yinchiga "Napoli" va "Ayaks" klublari qiziqish bildirmoqda. Belgiyalik futbolchining "shporlar" bilan tuzgan shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

Shunday ekan, Yan yozda London klubidan tekinga ketishi mumkin. Bu vaziyatdan esa "Napoli" va "Ayaks" foydalanib qolmoqchi.

Ular "Tottenxem"ni himoyachini yanvarda sotishlariga ko'ndirishmoqchi, bu holda klub uning ketishi ortidan oz miqdorda bo'lsa ham kompensaciya oladi.

Eslatib o'tamiz, Vertongen "Tottenxem"ga 2012 yilda aynan Amstyerdam klubidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk