"Napoli" uch barobar ko'proq maosh taklif qildi - Xvichaning agenti yana ham ko'proq so'ramoqda

Omonjon To`xtamirzayev
1 fev 2024, 13:31
"Napoli"ning gruziyalik Xvicha Kvaratsxeliya bilan yangi shartnoma borasida muzokaralari og'ir o'tmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, klub Xvichaga hozirgi maoshidan uch barobar ko'proq, yani 4 million evro oylik taklif qilgan, ammo futbolchining agenti Mamuka Jugeli kamida 7 million so'ramoqda. 

"Aurelio De Laurentis va rahbariyat vakillari bunday shartga ko'nish niyatida emas. Hozircha har ikki tomonni qanoatlantiruvchi variant ko'rinmayapti", - deydi vaziyatga yaqin manba.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Calciomercato