"Napoli" Ruis uchun uzoq muddatli shartnoma tayyorlamoqda

Alisher
13 iyul 2020, 12:57
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis yaqin vaqtlarda Italiya klubi bilan shartnomasini uzaytiradi.

Xabarlarga ko'ra, neapolliklar futbolchi 2025 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma tayyorlashmoqda.

Ispaniyalik o'yinchining maoshi yangi bitimga ko'ra 3,2 million evroga qadar ko'tarilishi mumkin.

Ruis joriy mavsum barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira