“Napoli” prezidenti Luis Enrike haqida fikr bildirdi

Alisher
31 may 2023, 09:40
“Napoli” xo'jayini Aurelio De Laurentis ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike neapolliklarni boshqarishi mumkinligini haqidagi savolga javob berdi.

 “Luis Enrike ajoyib murabbiy, u “Barselona”da juda yaxshi ishlagan. Lekin u APL haqida o'ylayapti. Unga shuni aytishimiz mumkinki, Angliyadagi taomlar Neapolga o'xshamaydi va ertalab derazani ochsangiz, ko'rfazni emas, tumanni ko'rishingiz mumkin! Ammo bu shunchaki fikrlar. APL ancha jozibali chempionat.

Bizning ro'yxatimizda 4-3-3 sxemasida o'ynaydigan 10 ga yaqin murabbiy bor”,-dedi “Napoli” prezidenti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com