“Napoli” o'z futbolchisi uchun MYUdan 100 mln evro va Ronalduni so'ramoqda

Eldor Akmurzayev
27 avg 2022, 09:15
“Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijoziga YCHLda qatnashishi uchun variantlarni izlashda davom etmoqda.

Insayder Janluka Di Marcioning xabar berishicha, agent futbolchini “Napoli”ga taklif qilgan. Neapolliklar esa kelishuvga Viktor Osimxenni qo'shib, uning transferi uchun 100 mln evro so'rashmoqda. Bundan tashqari, MYU Ronaldu oladigan maoshning katta qismini qoplashiga to'g'ri keladi.

37 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsum 39 bahsda qatnashib, 24+3 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio