"Napoli" klubda 8 yil faoliyat yuritgan sport direktori iste'foga chiqarilganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023, 12:08
Kristiano Juntoli "Napoli" sport direktori lavozimini tark etdi.

Funkcioner klubda 2015 yilning yozidan buyon ishlab kelayotgandi.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Juntoli faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

O'tgan mavsumda neapolliklar Italiya chempioni bo'lishdi. Avvalroq bosh murabbiy Luciano Spaletti jamoani tark etishi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sscnapoli.it