“Napoli” Insinening o'rniga “Barselona” forvardini sotib olmoqchi

Eldor Akmurzayev
14 fev 2022, 08:35
Lorenco Insine yozda “Toronto”ga yo'l oladi.

“Napoli” uning o'rniga “Barselona”dan Memfis Depayni olib kelmoqchi. Yagona muammo futbolchining yuqori maoshida bo'lishi mumkin.

Depay o'tgan yoz “Lion” safidan kataloniyaliklar jamoasiga ko'chib o'tdi. U joriy mavsum klub libosida 23 o'yinda qatnashib, 8+2 natija ko'rsatib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calciomercato