"Napoli" Insine bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti

Alisher
21 iyun 2021, 09:10
"Napoli" hujumchi Lorenco Insine bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.

Ammo tomonlar hali kelishuvga erishishgani yo'q. 30 yoshli forvardning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

Futbolchining o'zi ham "Napoli"da qolishni istamoqda, ammo maoshining pasayishiga tayyor emas.

Insine 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 48ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport