“Napoli” futbolchisi RPLga ko'chib o'tishi mumkin

19 may 2020, 07:50
Amin Yunus faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

Moskvaning “Lokomotiv” klubi “Napoli”dan 26 yoshli yarim himoyachi Amin Yunusni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqida jurnalist Sergey Egorov xabar bermoqda. Shuningdek, “temiryo'lchilar” SPAL himoyachisi Arkadiush Rekaga ham da'vogarlik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Yunus joriy mavsum A Ceriya doirasida 6 ta o'yinda, Reka esa 18 ta bahsda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD