"Napoli" Fransiya terma jamoasining ikki futbolchisini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2013, 16:53
Italiyaning "Napoli" klubi o'zining samarali transfer mavsumini davom ettirmoqda.
Italiya ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko'ra, Neapol jamoasi prezidenti Aurelio De Laurentis yana bir necha futbolchilarni jamoaga qo'shib olish uchun qo'shimchp mablag' ajratishga tayyor ekanini ma'lum qilgan.
   
Yaqin vaqt ichida Fransiya terma jamoasining ikki a'zosi bilan muzokaralar boshlaydi. Ulardan biri "Lion" yarim himoyachisi Maksim Gonalon bo'lsa, ikkichi futbolchi "PSJ" himoyachisi Mamadu Saxo bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru