"Napoli" forvardi Losano "Nyukasl" tomonidan qiziqish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Alisher
22 okt 2021, 16:07
"Napoli" hujumchisi Irving Losano unga "Nyukasl" tomonidan qiziqish bo'layotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Hozirda birinchi navbatda "Napoli"ga e'tiborimni qaratganman, mish-mishlar doim bo'ladi, ulardan qochib-qutulib bo'lmaydi. Haqiqat shuki, hozirda mutlaq xotirjamman.

Agar vaqti kelsa, ketaman, ammo hozirda jamoaga foyda keltirish va doimgidek qo'limdan kelganini qilish uchun "Napoli"daman", - deydi Losano.

Losano 2021/22 yilgi mavsum "Napoli" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal