"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis yarim himoyachi Elif Elmas "Leyptsig"ga o'tishini tasdiqladi.
"Biz Elmasni sotdik, barchasi hal bo'lib bo'ldi. U doimo ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi, aynan shuning uchun biz u bilan xayrlashishga qaror qildik".
Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi transferi summasi 25 mln evroni tashkil qiladi.