

Italiyaning "Napoli" klubi Edinson Kavanini ortga qaytarish niyatida. Rai Sport nashrining tasdiqlashicha, neapolliklar rahbariyati Kavani uchun yiliga 6.2 million evro maosh to'lashga tayyor.
Ma'lumot o'rnida, urugvaylik 31 yoshli futbolchi 2010-2013 yillar mobaynida "Napoli" jamoasida to'p surgan - 103 o'yin, 78 gol.



