"Napoli" Dovbikni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2025
"Napoli" "Roma" hujumchisi Artyom Dovbikni xarid qilish istagida.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, neapolliklar 28 yoshli forvardni jarohat olgan Romelu Lukakuga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda, chunki u uch oydan ko'proq maydonga tusha olmaydi.

Dovbik 2024/25 yilgi mavsum 45 o'yinda qatnashib, 17 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com