"Napoli" "Chelsi"ga rad javobini berdi

Aslanov Jasurbek
20 may 2016
"Chelsi" "Napoli" bilan himoyachi Kalidu Kulibali borasida kelisha olmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, neapolliklar yaqin vaqt ichida senegallik futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. 24 yoshli o'yinchining shartnomasi 2019 yilgacha amalda.

Kulibali "Chelsi" yangi ustozi Antonio Kontening asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi, ammo bu kelishuv o'xshamasa mutaxssis "Roma" futbolchisi Kostas Manolasga e'tibor qaratishi mumkin.

Kulibali joriy mavsumda A Seriyaning 31 uchrashuvda 11 ta sariq kartochka oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia