Nani "Yuventus"ga 5 million evro evaziga ko'chib o'tadi

Narzulla Saydullayev
4 may 2014, 14:10
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nani "Yuventus"ga 5 million evro evaziga ko'chib o'tadi, deb xabar bermoqda Tuttosport nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Turin klubi agar futbolchi keyingi mavsumda 20tadan ortiq o'yin o'tkazsa mankunianliklarga yana qo'shimcha 2 million evro beradi. Portugaliyalik futbolchi "Yuventus"ga o'tishga rozi bo'ldi. Nani yangi klubida yiliga 4 million evro maosh oladi.

Bu mavsumda 27 yoshli futbolchi Angliya chempionatida jami 11ta o'yinda maydonga tushdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru