Nani Portugaliya haqida: "Ronaldu 90 daqiqa o'ynashi shart emas, bazan 10-20 daqiqa kifoya"

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2025, 23:14
Nani Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi roli haqida fikr bildirdi.

"Krishtianu doimo yordam berishga tayyor – savol qanday qilibda. Unga 90 daqiqa o'ynash shart emas. Bazan 10-20 daqiqa etarli.

U boshlang'ich tarkibda chiqishi mumkin, agar charchagan bo'lsa yoki hisobni ushlab qolish kerak bo'lsa murabbiy yangi o'yinchini maydonga tushirishi mumkin", – dedi MYU va Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Nani "Myach Production" YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Nani shuningdek, Portugaliya terma jamoasining o'yin uslubi haqida ham gapirdi.

"Biz o'zimizning o'ziga xosligimizning bir qismini yo'qotdik: ilgari biz olg'a intilardik, xavfli vaziyatlar yaratar edik, uzoqdan zarba berardik. Hozir juda ehtiyotkor o'ynayapmiz – go'yo to'pni darvozaga itarib kiritishni xohlayotgandek", – dedi 38 yoshli Nani.

Portugaliya Millatlar Ligasi yarim finalida Germaniyaga qarshi o'ynaydi. O'yin 4 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: youtube.com/@myach/videos