Namangan FA binosiga hech kim tegmaydigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2020
Biroz oldin saytimizda Namangan futbol Assotsiatsiyasiga berilgan bino tortib olinayotgani haqida xabar chiqdi.

Bu boradagi muammo ijobiy hal bo'ldi va Namangan FA binosiga hech kim tegmaydigan bo'ldi. Namangan FA matbuot xizmati bu anglashilmovchilik bo'lganini ma'lum qildi.

Namangan FA mart oyida yurtimizda bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Barcha martabali mehmonlar mana shu binoda kutib olinadigan bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia