Nahotki! "Tottenxem" Regilonni "ilib ketdi"

Mirjalol Normatov
15 sen 2020
"Real" himoyachisi Serxio Regilon "Tottenxem"ga o'tishga tayyor turibdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning bergan ma'lumotiga ko'ra, bugun "Tottenxem" "Real"ga Regilon borasida rasmiy taklif yuborgan va unda londonliklar transfer uchun MYUdan ko'proq mablag' to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan. Shu orqali, "Real" mankunianliklar bilan muzokaralarni bekor qilib, "Tottenxem"ga rozilik bergan.

Qayd etilishicha, bir necha kunlar ichida "Tottenxem" Regilonni tanishtirishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal